×
14-апр 2023 yil 38

7 ta loyiha - 7 xil natijali loyiha

PQ 2021 yil 13 aprel kunidagi qarori bilan fuqarolar byudjetni shakllantirish jarayonlarini nafaqat nazorat qilishi, balki byudjet mablag‘larini shakllantirish jarayonidan boshlab ularni sarflashda qatnashishi uchun ham imkoniyat yaratildi.

Byudjet shakllanishi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida tuman va shaharlarda tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etildi. Hozir ushbu tartib O‘zbekistonning har bir viloyatida tuman, shaharlarda joriy qilingan. Shu jumladan, Urganch tumanida "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2023-yil 1-chorak  mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha 7 ta loyiha tasdiqlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech