×
06-мар 2024 yil 40

"Eng namunali mahalla raisi" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-402-sonli Qarori bilan belgilangan "Yo‘l xarita"ning 22-bandida "Eng namunali mahalla raisi" tanlovini o‘tkazish belgilangan.11-son Bolalar musiqa va san'at maktabi binosida "Eng namunali mahalla raisi" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi. Mahalla raislarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, tizim xodimlari faoliyat samaradorligini oshirish, o‘z faoliyatida sezilarli yutuqlarga erishayotgan mahalla raislarini  rag‘batlantirish tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tanlov natijalari ko'ra:
1-o'rin Xudayberganova Darmonjon - "Boqaylar" MFY raisi;
2-o'rin Jalolov Otabek - "Arboblar" MFY raisi;
3-o'rin Sherlieva Nargiz - "Chakka ko'li" MFY raisi egalladi.
Tanlov g'oliblariga Urganch tumani hokimligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.
Darmonjon Xudayberganovaga tanlovning viloyat bosqichida ham omad tilaymiz.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech