×
07-мар 2024 yil 35

Ijtimoiy himoya

Urganch tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi bosh ijtimoiy xodim hamda supervayzerlar uchun superviziya tashkil qilindi. 
Inson avvalo ichki resurslaridan to'g'ri foydalana olsa jamiyatga ijtimoiylashuvi oson kechadi. Ijtimoiy xodimlar o'z faoliyatidan kelib chiqib, keys-menejment instrumenti yordamida ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning jamiyatga qo'shilishiga ko'mak beradi. Ijtimoiylashuvni ta'minlash jarayonida yuzaga keladigan turli savollarga javob izlash maqsadida ushbu superviziya tashkil etilgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va agentlikning Buxoro hamda Toshkent viloyati hududiy boshqarmalaridan mutaxassislar jalb qilingan holda tashkil etilgan ushbu superviziya xodimlarning malakasini boyitish, fuqarolar bilan ishlashda duch keladigan muammoli vaziyatlarni kengroq muhokama qilish uchun ayni muddao bo'lmoqda.   


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech