×
22-мар 2024 yil 42

Mahalla tizimi xodimlari kuni

Mahallada ongu shuurimiz, dunyoqarashimiz, eʼtiqod va tafakkurimiz shakllanadi. Undagi har bir oila, qoʻni-qoʻshnilarimiz misolida yurt tuprogʻining muqaddasligini, ota va onamizdek aziz boʻlib qolgan mahalladoshlarimiz issiq mehri va qaynoq qalbini his qilamiz, doimo ularga intilamiz.Mahalla soʻnggi yillarda chinakam xalq va davlat oʻrtasidagi koʻprik, aholi murojaatlari va tashabbuslarini dastlab tinglaydigan, ularga zarur yordam koʻrsatadigan ijtimoiy tuzilmaga aylandi. 
Ayniqsa, “mahalla yettiligi” tizimi yoʻlga qoʻyilgani qisqa fursatlarda oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. 
Barchangizga mustahkam sogʻliq, xonadonlaringizga fayzu baraka, serqirra va masʼuliyatli faoliyatingizda yutuq va omadlar tilayman.
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz mahalla tizimi xodimlari!


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech