×
22-мар 2024 yil 40

Mahalla tizimi xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi

Urganch tumani hokimligi tomonidan tumanda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatimizda mahallaning o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p asrlik an’analarimizni asrab-avaylash, xalqimiz orasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissa qo‘shgan tumandagi mahalla tizimi xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.Urganch tumani hokimi G.Sultanov mahalla tizimi xodimlarini bayram bilan tabriklab nutq so'zladi.Tadbirda Jon Xoroj bobo jome masjidi imom xaitibi  Hikmatullo Yusupov ham ishtirok etib,iftorlik oldidan ma'ruza va qur'on tilovat qildilar.
Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Raximov tomonidan Urganch tumani "Baqaylar" mahallasi raisi D.Xudayberganova "Mahalla iftixori" ko'krak nishoni bilan, "Qiyot" mahallasi raisi X.Ernazarov,"Orzu" mahallasi raisi I.Nurmetova,"Oyoqbog'" mahallasi profilaktika katta inspektori A.Qlichevlar Faxriy yorliq taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech