×
25-мар 2024 yil 43

Urganch tumanida chigit ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar tashkil etildi

2024-yil hosili uchun chigit ekishni tizimli tashkil etish yuzasidan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.Joriy yilda tumanimiz mirishkorlari tomonidan 8 ming 900 gektar maydonga chigit qadab, paxta xomashyosi yetishtirish belgilangan. Mavjud maydonlarga paxtaning Xorazm-127, Xorazm-150 hamda chetdan keltirilgan navlar ekilishi rejalashtirilgan.Seminarda sektor boshliqlari, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, klasterlar va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.  Shuningdek, mavsumda mexanizatorlarni moddiy ragʻbatlantirish, yoqilgʻi taʼminoti masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Tadbirda Urganch tuman bosh imom-xatibi oq fotihasi bilan yerga urugʻ qadashga kirishildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech