×
26-мар 2024 yil 41

Muborak Ramazon oyida ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Muborak Ramazon oyida butun Respublikamizda bo‘lgani kabi Urganch tumanidagi mahallalarda ham xalqimizning roziligini olish, insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.Iftorlik avvalida so‘z olgan Urganch tumani G'oyib ota jome masjidi imom hatibi ulug‘ oyda yon-atrofdagilarga mehr-saxovat ko‘rsatish, yaqinlar holidan xabar olish, xalqimiz orasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, koʻp asrlik anʼanalarimizni asrab-avaylash, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash hamda oilalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida fikr yuritdi.
To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan nuroniy otaxonu onaxonlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga qut-baraka, shunday ehsonlarga bosh-qosh bo‘lib turgan barcha rahbarlar ishlariga rivoj tilab, duo qilishdilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech