×
30-мар 2024 yil 50

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tumandagi barcha umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosarlari bilan birgalikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Masharipov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi bosh mutaxassisi O.Polvonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Q.Sobirovlar qatnashdilar. Targ‘ibot tadbirida soha mutaxassislari tomonidan "Jaholat", "Ma’rifat" tushunchalari, "Jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyili o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, globallashuv jarayoni, "ommaviy madaniyat", ma’rifatparvar, yoshlarning  milliy qadriyatlarga sodiq, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashadigan qilib tarbiyalash muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech