×
06-апр 2024 yil 69

“TURON” maktab teatrining Urganch tuman bosqichi o'tkazildi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri” respublika tanlovi e’lon qilingan edi. Mazkur tanlovning Urganch tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda o‘quvchi-yoshlar har bir shartda o'z iste'dodlarini namoyon etishdi.Tanlov hakamlar hay'atining adolatli yondashuvlari asosida 
1-o'rinni 23-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Ibrat" jamoasi;
2-o'rinni 47-son IDUM "Xorazm avlodlari" jamoasi va 20-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Barkamol avlod" jamoasi;
3-o'rinni 39-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Iste'dod" jamoasi va 44-son umumiy o'rta ta'lim maktabi "Xorazm farzandlari" jamoalari loyiq deb topildi. 
Tadbir so'nggida g‘olib maktab jamoalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. G'olib deb topilgan 23-umumiy o'rta ta’lim maktabining "Ibrat" jamoasiga viloyat bosqichida omad tilab qolamiz.
Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech