×
12-апр 2024 yil 37

Press-tur

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Shovot tumanidagi Yusuf Hamadoniy majmuasiga press- tur tashkil qilindi. Unda Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar ishtirok etdilar. Tadbir qatnashchilariga tasavvuf ilmining yirik namoyandasi boʻlgan Yusuf Hamadoniyning islom maʼrifati va maʼnaviyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, majmuada amalga oshirilgan keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Jurnalist va blogerlar tomonidan ziyorat turizmi markazlaridan biri boʻlgan muborak qadamjodagi oʻzgarishlar haqida reportajlar, videoroliklar tayyorlanib, telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech