×
16-апр 2024 yil 41

Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Urganch tumani hokimligi binosida Xorazm viloyat prokurori o'rinbosari,Adliya katta maslaxatchisi Xamidbek Egamberganovichning tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mamlakatimiz rahbari gʻoyasi asosida xalq bilan faol, ochiq va oshkora muloqot olib borish, uchrashuv va sayyor qabullar jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning zamonaviy, samarali va taʼsirchan mexanizmiga aylanib bormoqda.Tadbirda tadbirkorlik subyektlari,tuman sektor rahbarlari,daxldor tashkilotlar vakillari,hokim yordamchilari ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan 41 ta turli masalalardagi murojaatlari tinglandi va murojaatlarning 15 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.  
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech