×
18-апр 2024 yil 30

Urganch tuman delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga safari davom etmoqda

Siyon shahrida biznes forum bo'lib o'tdi.Forumda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi”ning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda, xususan Urganch tumanida xorijiy investorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.Urganch tumani hokimi G.Sultanov Siyon shahri tadbirkorlari bilan "B2B" va  “G2B” shaklidagi uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro manfaatli takliflar ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni kengaytirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani taʼkidlandi. Yangi imkoniyatlar, sheriklik aloqalarini istiqbolli tashabbuslar va loyihalar bilan boyitish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech