×
25-апр 2024 yil 40

Urganch tumanida ipak qurti tarqatish tadbiri bo'lib o'tdi

O‘zbekiston ipak qurti yetishtirish bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biridir. Mamlakatimiz bu borada Hindiston va Xitoydan keyingi uchinchi o‘rinda turadi.Urganch tumani hokimi G.Sultanov va sektor rahbarlari bilan birgalikda Urganch tumani "Cho'lobod" mahallasi aholisiga ipak qurti urug'larini tarqatish jarayonlari bilan tanishishdi.Ma’lumki, har yili aprel, may, iyun oylarida yurtimizda ipak (pilla) urug‘ini olib kelish, pilla qurti boqish hamda tayyor mahsulotlarni pillachilik korxonalariga yetkazib berish borasida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.
Joriy yil pilla mavsumida Urganch tumanida 4 000 quti ipak qurti jonlantirilib, 216 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda Urganch tumanida 10 dona inkubatoriya mavjud bo‘lib, ular orqali fermer xo‘jaliklari hamda qurt boquvchi kasanachilarga urug‘ tarqatish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.Tadbirda "Jon Xarash bobo" jome masjidi imom xatibi Yusupov Xikmatullo domla ham ishtirok etdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech