×
25-май 2024 yil 29

Urganch tumanida so'nggi qo'ng'iroq bayram tadbirlari bo'lib o'tdi.

Bugun viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida anʼanaviy “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi. Joriy oʻquv yili yakunlanishi munosabati bilan Urganch tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda  tuman hokimi Gayrat Sultanov va Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev qatnashib,mamlakatimiz Prezidentining  umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Urganch tumani hokimi G.Sultanov ushbu oʻquv yilida tumanda  xalq taʼlimi sohasida  erishilgan  yutuqlarga toʻxtalib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan yigit-qizlarga kelgusi oʻqish va ishlarida omad tiladi. Tadbir yakunida oʻquv yilida yuqori natijalarga erishgan ustozlar, oʻquvchilar va faol ota-onalar viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan  taqdirlandi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech