×
05-июн 2024 yil 35

Xorazm viloyati uchun “Haj-2024” mavsumi boshlandi

Ayni paytlarda “Haj – 2024” mavsumida Xorazm viloyatidan ilk ziyoratchilar Xorazmdan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdilar.  Haj sari qadam qoʻyayotgan hamyurtlarimizning koʻzlarida quvonch, tillarida shukronalik hissini koʻrishimiz mumkin.
Barcha muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oshiqmoqda. 
Hayajonli, orzular ushalgan damlarda Alloh taoloning bayti sari yoʻl olayotgan hamyurtlarimiz eson-omon muborak qadamjolarni ziyorat qilib kelishini Alloh taolodan soʻrab qolamiz. Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini muborak qilsin, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!
Izoh: “Haj-2024” mavsumidan Xorazm viloyatidan 651 nafar hamyurtlarimiz Haj safariga borishi belgilangan.Urganch tumanidan 102 nafar hamyurtimiz Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdilar. 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech