×
10-июл 2024 yil 69

Urganch tumani hokimi Gayratjon Sultanovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash,  mahalliy ishlab chiqaruvchilarni  ragʻbatlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun  qulay shart-sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor qaratildi. Tadbirkorlar  faoliyatlarini yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha oʻzlarining qator takliflarini bildirdilar, ayrim  muammolari yechimida amaliy yordam soʻradilar. Muloqot yakunida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega biznes loyihalarni moliyaviy qoʻllab- quvvatlash chora- tadbirlari belgilandi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech