×
24-июл 2024 yil 51

“Farovon oila” loyihasi

OʻzLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” boʻlimi tomonidan “Farovon oila” loyihasi doirasida oilada ishsiz xotin-qizlarni bandligini taʼminlash, ularni jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishlariga koʻmaklashish, farovon oila bunyod etish, shu bilan birga, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Urganch tumanidagi  “Istiqlol lazzati” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurishdi. 2013 yilda 5-6 nafar xodim bilan ish boshlagan korxonada bugungi kunda 80 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Shulardan 70 foizini  yoshlar, xotin-qizlar tashkil qiladi.  
Mazkur korxona  eng ilgʻor, yaʼni kompyuterlashtirilgan dastgohlar bilan jihozlangan boʻlib, bu yerda 30 xil turdan ortiq qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Zamonaviy texnologiyalar Turkiya, Xitoy davlatlaridan keltirilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorlarni toʻldirish bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga ham yetkazib berilmoqda.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech