×
20-авг 2024 yil 73

“BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI URGANCH TUMANIDA!

Хаbaringiz bor,  Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi Respublika  “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan barcha hududlarda  “Barkamol avlod bolalari” festival-tanlovi tashkil etilib, eng bilimli va zukko o‘quvchilar aniqlab olinmoqda.   Ushbu tanlovning Urganch  tuman bosqichida 1500 dan ziyod o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, ularning 21 nafari g‘olib deb tanlab olindi.  Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi: 
✅“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at);
✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika);
✅“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat);
✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
✅“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Landshaft dizayni);
✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
✅“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili).

🎉Tadbirda toʻgarak a'zolari  tomonidan sahna ko‘rinishlari,  kuy-qo'shiqlar va ijodiy ishlar namoyish qilindi.
     
Festival-tadbirda Oliy Majlis Senati a'zolari U.Sharipov,  F.Sa‘dullayeva, Maktabgacha va maktab ta‘limi Urganch tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M.Jumaniyozovalar ishtirok qilishdi.

✨Gʻolib deb topilgan 21 nafar o‘quvchi -yoshlar  Urganch tuman "Barkamol  avlod " bolalar maktabi tomonidan  diplom  va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech