×
27-авг 2024 yil 45

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining to‘qson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. 

Sessiya kun tartibida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida;
  2. Xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati Urganch tumani bo‘limi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan majburiy ijro byurosi Urganch tumani bo‘limi boshlig‘i U.Saparyazovning axboroti to‘g‘risida;

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining to‘qson beshinchi sessiyasi tuman hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech