×
30-авг 2024 yil 156

Kuz-qish mavsumida tabiiy gazdan oqilona foydalanish, gaz jihozlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish.

 

Aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish yuzasidan samarali, tizimli, ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari,  har bir korxona va tashkilotlarning “Ishonch telefonlari” tashkil etilishi fuqarolarning og‘irini yengil qilish bilan bir qatorda turli xil noqulayliklarni oldini olishga xizmat qilmoqda.

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 133 murojaat kelib tushgan bo‘lib,  shundan 112 tasi ijobiy hal qilingan 21 tasiga huquqiy ma’lumot berilgan.

“Urganchtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan qish mavsumini havfsiz va betalofat o’tkazish  borasida aholi va ulgurji isteʼmolchilar oʻrtasida tabiiy gazdan oqilona foydalanib, gaz haqqini o‘z vaqtida to‘lash, “Gaz jihozlaridan foydalanish qoidalari”, is gazi, yongʻin va portlash kabi holatlarni oldini olish maqsadida, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Uy ichi jihozlarini navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilib, gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini, gaz plitalaridan uyni isitish maqsadida hamda qoʻlbola va nosoz gaz jihozlardan foydalanmaslik zarurligi toʻgʻrisida tushuntirishlar berililib, rangli eslatmalar (bukletlar) tarqatilmoqda.

 

 

       “Urganchtumangaz” gaz ta’minoti 

       “Nazorat va murojaatlar” bo‘limi

     etakchi mutaxassi:                                                                             M.Yuldasheva

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech