×
04-сен 2024 yil 24

URGANCH TUMANIDA KUZGI G‘ALLA EKISH BO‘YICHA KO‘RGAZMALI SEMINAR TASHKIL QILINDI

Urganch tumanida 2025-yil hosili uchun fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlarida g‘alla ekish va g‘o‘za defoliatsiyasini  o‘z muddatlarida sifatli tashkil qilish maqsadida tumandagi “Paxtakor” hududidagi “Saparvoy Mirishkor” fermer xo‘jaligaga qarashli maydonda ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi. Seminarda tuman hokimi Gayratjon Sultanov, sektor rahbarlari, fermer va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda tuman hokimi va sohada ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan tumanda 2025-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rish, g‘allani navlar bo‘yicha joylashtirish, don ekish agregatlarini ta’mirlash hamda g‘alla ekish mavsumini uyushqoqlik bilan tizimli asosda tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun: Urgannch tumanida  2025-yil hosili uchun 3500 gektar g‘o‘za qator oralarida kuzgi bug‘doy ekish belgilangan.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech