×
27-сен 2024 yil 5

Urganch tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish, aholining muammolarini bartaraf etish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlar o'rganildi




IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'i o'rinbosari, polkovnik Sh.Uralov Urganch tuman hokimligida bo'lib,  sektor rahbarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, kommunal soha mas’ullari hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokda yig'ilish o'tkazdi. 

Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'i o'rinbosari yig’ilish yakunida barcha mas’ullarga energiya resurslaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash va hal etish bo’yicha aniq vazifalar hamda ko’rsatmalar berib o’tdi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech