×
18-сен 2024 yil 6

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta yigʻim-terimi qizgʻin pallaga kirdi. 

Mavsum davomida terimchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik borasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, oʻrganishlar olib borilyapti.

Hurmatli yurtdoshlar!

Paxta mavsumida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish yuzasidan savollar tugʻilsa yoki majburiy mehnat holatlariga guvoh boʻlsangiz Davlat mehnat inspeksiyasining 1282 qisqa raqamiga yoki @munosibmehnat_bot telegram botiga murojaat qiling. (https://t.me/mehnatvazirligi/17578)

Eslatib oʻtamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga koʻra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech