×
16-сен 2024 yil 5

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining futbol o‘yingohida sportning mini-futbol turi bo‘yicha otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida "Favqulodda vaziyatlar boshqarma boshlig'i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.


#Urganch_tumani_FVB

Futbol o‘yinlarida viloyatning 16-30 yashar yoshlar vakillaridan iborat 13 ta jamoalar o‘rtasida o‘tgan qiziqarli baxslar murosasiz kechdi.  G‘oliblik esa Urganch tumani 2-sektor hududida joylashgan "Tandirchi" mahallasi otaliqqa olingan yoshlariga nasib etdi.

Mini-futbol baxslarida Urganch tumani "Tandirchi" MFY jamoasi  
🥇 - o‘rinni, Qo'shko'pir tumani "Nazoxos" MFY jamoasi 🥈 - o‘rinni, Xiva tumani "Gandimiyon" mahallasi yoshlari esa 
🥉 - o‘rinni band qilishdi. 

G‘oliblarga Boshqarma boshlig'i polkovnik O'.Meyliyev ishtirokida tegishli darajadagi diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech