×
30-июл 2024 yil 87

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI



Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman

 Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. 


Sessiya kun tartibida:

  1. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida;
  2. Urganch tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida;
  3. Urganch tuman hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ehtiyojmand oilalar ro‘yxati “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Yoshlar” daftariga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari P.Madraimovning hisoboti to‘g‘risida;
  5. Urganch tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yavqachevning 2024-yil 2-choragi davomida norma ijodkorligi hamda tumanda ijtimoiy–iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha olib borilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri E.Sapaevning 2024-yil 2-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hamda mahallalarga biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tumandagi “Orzu” mahallasi hokim yordamchisining faoliyatini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
  7. Urganch tuman mahalliy budjetining 2024-yil 2-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish hamda 2024-yil 2-chorak yer uchastkalarini elektron auksionda sotishdan tushgan tushumlar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

 

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi tuman hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech