2024-yil qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilidan Urug‘lik paxta xom ashyosi va boshqa urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ligi yetishtirish urug‘chilik yetkazish bo‘yicha tanlangan Oq-oltin va Paxtakor hududlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va tashkilotlar rahbarlari diqqatiga.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106 sonli qarori hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11- yanvar 06/22-04/77-sonli ko‘rsatib o‘tilgan topshiriqlar xamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi “Elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 641- sonli qaror bilan ro‘yxatdan o‘tgan tegishli Nizom talablariga muvofiq, xamda 2022-yil 9- iyundagi 320-sonli qarorida belgilangan tartibda “Urug‘lik paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari urug‘ligi yetishtirish uchun” tumanda urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun sub’ektlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish maqsadida:
Tumanda tuzilgan komissiya tomonidan arizalarni qabul qilish 2024-yil 15 yanvardan- 5-fevralgacha xujjatlar qabul qilinishi belgilangan bo‘lib joriy yilning 5- fevral soat 18-00 gacha taqdim qilishlaringiz so‘raladi.
Xujaatlarni qabul qilish 2024 yil 5-fevral saot 18-00da to‘xtatiladi.
Ushbu yuzasidan e’lon tuman QXB binosida, tanlangan Oq-oltin va Paxtakor xududlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklar o‘rtasida tender tanlovi o‘tkazish Tanlov 2024-yil 8-fevral kuni soat 10-00 da tuman qishloq xo‘jaligi binosida bo‘lib o‘tadi.