Bugungi kunda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish borasida tumanimizda koʻplab tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Urganch tumanidagi "MILLIY BOTTLERS" xususiy korxonasida korxona rahbari Allabergenov Ilxambek Egambergenovich bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Muloqotda yoshlar, endigina sohada faoliyati boshlagan tadbirkorlik subʼektlarining rahbar va xodimlari hamda tarmoqqa qiziqish bildirayotgan fuqarolar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tadbirkorga oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.