Harbiy xizmatchilar, Qoʻriqlash boʻlimi xodimlar va yoshlar oʻrtasida ot sportining “Ot poygasi” va “Polo” turlari boʻyicha Chavandozlar maktabida “Ochiq birinchiligi“ musobaqasi oʻtkazildi.
Joriy yilning 19 - may kuni Xorazm viloyati, Urganch tumani, Killavut mahallasida joylashgan Chavandozlar maktabida Qoʻshkoʻpir tuman Qoʻriqlash boʻlimi, Qoʻshkoʻpir tuman sport maktabi bilan hamkorligida “Ot poygasi” va “Polo” turlari boʻyicha “Ochiq birinchiligi“ musobaqasi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 5 - avgustdagi “Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 - yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq musobaqa tashkil etildi.
Musobaqani ochilish marosimida Chavandozlar maktabi,Qoʻshkoʻpir tuman Qoʻriqlash boʻlimi,Qoʻshkoʻpir tuman sport maktabi rahbar xodimlari soʻzga chiqib ishtirokchilarni ot sportini targʻib qilib musobaqani ochib berdilar .
Musobaqada 1–oʻrinni Urganch tumanining “Chavandozlar maktabi” jamoasi egalladilar
2-oʻrinni” Havaskor yoshlar” jamoasi egalladilar
3-oʻrinni Qoʻshkoʻpir tuman “Qoʻriqlash boʻlimi” jamoasi egalladilar .
Musobaqaning yopilish marosimida Xorazm viloyati Chavandozlar maktabi Qoʻshkoʻpir tuman Qoʻriqlash boʻlimi ,Qoʻshkoʻpir tuman Sport maktabi ,rahbar xodimlari soʻzga chiqib ot sportini targʻib qilib hamda gʻoliblarga kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilab,gʻolib jamoalarni tashkilotchilar , tomonidan ajratilgan tegishli diplomlar bilan taqdirladi .
Musobaqa yuqori saviyada oʻtkazildi va oʻtkazilgan musobaqa ishtirokchilarda, yanada ot sportiga kuchli qiziqish uygʻonishiga sabab boʻldi.
Jami 26 nafar ishtirokchi, shulardan 3 nafar xotin –qizlar ishtirok qildilar.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.
- Tuman hokimligi
- Tuman hokimligi apparati
- Boshqaruv apparatning tuzilmasi
- Qabul jadvali
- Ishonch va yagona telefon raqamlari
- Xorijiy va xalqaro hamkorlik aloqalari
- Boshqa davlat o'rginlari bilan o'zaro aloqalar
- Mahalliy va xalqaro bitimlar, shartnomalar
- Kun tartibi, ish rejasi va yig'ilish masalalari
- Elektron hukumat doirasida qilinayotgan ishlar
- Hokimlik ishtirokidagi tadbirlar
- Manzil
- Bo'sh ish o'rinlari
- Tuman haqida
- Elektron xizmatlar
- Meyyoriy hujjatlar
- Faoliyat
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Ochiq ma'lumotlar