×
28-апр 2023 yil 66

TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining yetmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida:
  1. Aholi daromadlarini oshirish, kambag‘al oilalarning ro‘yxatini qaytadan shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari P.Madraimovning hisoboti.
  2. Tuman mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish hamda Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2023-yil 1-mavsumida oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayonida eng koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablagʻ ajratish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri v.v.b R.Sabirovning axboroti.
  3. 2023-yilning 1-choragi davomida tumanda ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i B.Xaitbaevning axboroti.
  4. Norma ijodgorligi hamda tumanda Itimoiy–iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha olib borilgan ishlari yuzasidan Urganch tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yavqachevning axboroti.
  5. Urganch tumanida 2023 yilning 1-choragi davomida aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Z.Sharipovning hisoboti.
  6. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.
  7. Bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazish to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining yetmish oltinchi sessiyasi tuman hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi:
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech