Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining yetmish to'rtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilotlar rahbarlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etdi. Sessiya ishiga tuman hokimi F.Sharipov raislik qildi.
Sessiya kun tartibida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022 yildagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 408-sonli qarori ijrosi yuzasidan sektor rahbarlari va mas’ul idora, tashkilot rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2023 yildagi “Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarni yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 72/16 sonli qarori yuzasidan viloyat hokimligining 04.03.2023 yildagi №135-sonli bayonning 1-bandidagi og‘ir turmush sharoitidagi oilalarning uylarini tom qismini yopish, yakka tartibdagi, ko‘p qavatli uylarni joriy ta’mirlash hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish bo‘yicha Manzilli Dasturni tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Sessiya oralig‘ida qabul qilingan qarorlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan sektor rahbarlarini hisobotlari va axborotlari tinglandi shundan soʻng deputatlar fikr va mulohazalarini bildirdilar, oʻzlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, bugungi boʻlib oʻtgan tuman Kengashining yetmish to'rtinchi sessiyasi tuman hokimligining dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi.