×
07-мар 2024 yil 58

Tadbirkor murojaatlari tinglanib,tahliliy xulosalar qilindi.

Soliq qo‘mitasi Raisining Urganch tumanidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar ijobiy hal etilmoqda. Xususan, Chakka ko‘li mahallasida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sultonnazir” jamiyati rahbari S.Sherliyev xorijiy brendlar ostida Fast food tashkil qilib, 20 nafarga yaqin fuqaroni ish bilan ta’minlasa, tuman budjet tushumiga foydasi bormi yoki brend egasigami? – deya savol yo‘lladi. Qo‘mita raisi tomonidan tadbirkorning savoliga shu yerning o‘zida batafsil javob berildi.  
Shuningdek, tadbirkor Qudrat Tojiyevning soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan soliq tekshiruvi natijasida qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarni qaytadan ko‘rib chiqish bo‘yicha qilgan murojaati ham tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
Noodatiy formatda tashkil etilgan tadbir hech qanday ma’ruzalarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tarzida bo‘ldi. Uchrashuvda bir qator tadbirkorlik subyektlarining masalalari ijobiy hal etildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech