×
07-мар 2024 yil 60

YURIDIK TEXNIKUMDA UCH AVLOD UCHRASHUVI OʻTKAZILDI.

Xorazm viloyat sudi tomonidan viloyat yuridik texnikumida  sud faxriylari, sudyalar va texnikumda tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi. Unda sud faxriysi Odilbek Karimov, viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Shuhrat Razzaqov va Zafar Yakubovlar ishtirok etishdi.Tadbirda uzoq yillar sudyalik lavozimida ishlagan, bugun keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriysi qatnashchilarga oʻz tajribasi va faoliyati davomida olgan saboqlari haqida soʻzlab berdi. Maʼruzachilar tomonidan sudyalikning maqomi masʼuliyat, halollik, fidoyilik, doimiy malaka oshirish va odob-axloq singari mezonlar bilan uzviy bogʻliq ekanligi taʼkidlandi.
Muloqotlarda yurtimizda yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, Sudyalar oliy maktabi faoliyati va sudyalikka nomzodlarni shakllantirish haqida ham soʻz yuritildi. 
Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech