×
11-апр 2024 yil 61

Urganch tumani hokimi Gayrat Sultanov Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-fevral 1-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlari bo'yicha berilgan topshiriqlarida har bir tuman(shahar) hokimlari Xitoy Xalq Respublikasidan viloyatga 500 mln dollardan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish choralarini ko'rishi belgilangan. Belgilangan chora tadbirlar ijrosini ta'minlash,Xorazm viloyatiga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish,savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish hamda qishloq xo'jaligi yo'nalishida hamkorlik qilish,viloyatning eksport saloyihatini targ'ib qilish maqsadida joriy yilning 11-21 aprel kunlari viloyat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari bo'lib o'tmoqda.Safar davomida Urganch tumani hokimligi "CHINA COMMUNICATIONS CONSTRUCTION" korxonasi bilan hamkorlik qilish kelishib olindi. Ushbu korxona bilan hamkorlik natijasida Urganch tumani aholisini ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari bilan to‘liq ta’minlash ,mavjud ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangilarini yaratish nazarda tutilgan.Urganch tumani delegatsiya tarkibi tumani hokimi G.Sultanov, tuman hokimi o'rinbosari A.Kurbanniyozov,Savdo-sanoat palatasi Urganch tuman bo'limi boshlig'i R.Baltaev va tuman tadbirkorlaridan tashkil topgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech