Siyon shahrida biznes forum bo'lib o'tdi.Forumda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi”ning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda, xususan Urganch tumanida xorijiy investorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.Urganch tumani hokimi G.Sultanov Siyon shahri tadbirkorlari bilan "B2B" va “G2B” shaklidagi uchrashuvlar tashkil etilib, o‘zaro manfaatli takliflar ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni kengaytirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani taʼkidlandi. Yangi imkoniyatlar, sheriklik aloqalarini istiqbolli tashabbuslar va loyihalar bilan boyitish masalalari atroflicha muhokama qilindi.