×
20-апр 2024 yil 55

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi" uchun o‘tkazilayotgan voleybol musobaqasining Urganch tuman bosqichi o‘tkazildi.

Bugun Urganch tumanida sportning voleybol turi bo’yicha "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi" uchun musobaqaning tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqani Urganch tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik B.Xaitbayev ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.Qizg’in va murosasiz kechgan baxslardan so‘ng o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Oq yop” mahallasi hamda qiz bolalar o‘rtasida “Merganovul” mahallasi jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va viloyat bosqichiga yo‘llanma oldishdi.
G’oliblar tuman ichki ishlar bo’limi va yoshlar ishlari agentligi Urganch tuman bo‘limi tomonidan diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech