Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “Axborot tarqatish kafolatlari, axborot tarqatishda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish” mavzusida matbuot kotiblari hamda jurnalist va blogerlar uchun media-trening hamda viloyatdagi “Chavandozlar maktabi”ning otchopar maydonida press-tur tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlarni, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish muhimligini tushuntirishga qaratilgan. Tadbirda matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar ishtirok qildi.Shuningdek, ishtirokchilar tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi, Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Axborot guruhi bosh mutaxassisi kapitan Boltaboyev Nodirbek Umarbek oʻgʻli boshchiligida “Chavandozlar maktabi”ning faoliyati bilan ham tanishdilar.