×
25-апр 2024 yil 45

Urganch tumani hokimligining majlislar zalida “Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash” boʻyicha matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Mazkur tadbirda bugungi kunda tashqi mehnat migratsiyasi sohasini yangi bosqichga koʻtarish, mehnat migrantlari va ularning oilalariga joriy qilingan imtiyoz va kafolatlar koʻlami haqida tushuntirishlar berish,xorijdagi mehnat migrantlarini huquqiy, moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi haqida soʻz yuritildi.Seminarda sektor rahbarlari, ishchi guruhi aʼzolari, “Mahalla yettiligi” qatnashdi.Shuningdek,“Tashqi Migratsiyada yurgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash” masalasi boʻyicha Respublika shtabining 1-kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli bajarish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech