Urganch tumani IIBda Ichki Ishlar Vazirligining “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 126-son farmoyishi ijrosi yuzasidan xodimlar bilan xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka rioya etilishini taminlash, xodimlar tomonidan poraxoʻrlik, tamagirlik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish, pora taklif etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish boʻyicha profilaktik uchrashuv oʻtkazildi.Tadbirda soʻz olganlar ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish hamda bu boradagi omillarni keskin kamaytirish, qonunbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyish, uning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish,shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida rahbar xodimlarning masʼuliyati va javobgarligini yanada oshirish, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi boʻyicha fikr-mulohazalarni bildirishdi.