Urganch tumanidagi 250 nafar otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida Mudofaa vazirligiga qarashli 53008 harbiy qismda “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.Mazkur yig‘in davomida harbiy-vatanparvarlikni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar, har bir yosh bilan psixofiziologik o‘rganishlar, yakka va guruh tarkibida psixologik suhbatlar, treninglar va harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilganligi, shuningdek, hududiy monomarkazlar, banklar, tadbirkorlik subyektlari hamda bandlik bo‘limlarining vakillarining yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.