Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida malakali mutaxassislar migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimizning 88 nafarini salomatligini koʻrikdan oʻtkazib, zarur tavsiyalar berishdi.Mavsum boshidan 476 nafar migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.Natijada 21 nafar yurtdoshlarimizda turli xil surunkali kasalliklar aniqlandi.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligiga koʻmaklashish maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.Mehnat yarmarkasida 108 ta tashkilot 847 bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.Ushbu yarmarkaga 172 nafar ishsiz va migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz jalb qilinib, shundan 5 nafar fuqaroga kasb-hunar kurslariga va 15 nafar yurtdoshimizga doimiy ishga joylashish uchun yo'llanma berildi.