Bugun viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida anʼanaviy “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi. Joriy oʻquv yili yakunlanishi munosabati bilan Urganch tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Gayrat Sultanov va Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev qatnashib,mamlakatimiz Prezidentining umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Urganch tumani hokimi G.Sultanov ushbu oʻquv yilida tumanda xalq taʼlimi sohasida erishilgan yutuqlarga toʻxtalib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan yigit-qizlarga kelgusi oʻqish va ishlarida omad tiladi. Tadbir yakunida oʻquv yilida yuqori natijalarga erishgan ustozlar, oʻquvchilar va faol ota-onalar viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.