Respublika ishchi guruhi va Urganch tumani hokimligi bilan birgalikda bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o'rinbosari,Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug'bek Islamovich Muhammadiev ishtirok etdilar.Tadbir Milliy gvardiya otliqlari va Harbiy orkestrlar ishtirokida “Besh ming qadam” ommaviy yurish marafonidan boshlandi. “Turkmanlar” mahallasi hududidagi “Ulli hovli” majmuasida “Barkamol avlod” bolalar maktabi, hunarmandchilik va milliy mahsulotlarining koʻrgazmalari,mehnat yarmarkalari tashkil qilindi. Ehtiyojmand va migratsiyadan qaytgan fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik va to'g'ri ovqatlanish targʻibotlari bilan davom etdi.Shuningdek,“Uch avlod uchrashuvi” va "Kitobxon bolalar” bilan yozuvchi va shoirlar uchrashuvi o'tkazilib,tuman Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilarining badiiy chiqishlari bo'lib o'tdi.Tadbirning madaniy qismi vatanimiz madhiyasi yangrashi bilan boshlandi,taniqli san'atkorlar,musiqiy jamoalar bayram konsertida kuy va qo'shiqlar ijro etildi.