×
19-июн 2024 yil 52

Bitiruvchilarga oltin va kumush medallari topshirildi

Urganch tumani hokimligi majlislar zalida umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan yoshlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Joriy yilda Urganch tumanida 44 ta umumta'lim maktabini 1996 nafar o'quvchi bitirdi.Ular orasida eng tirishqoq, zukko va intiluvchan 38 nafar o'quvchi oltin va kumush medal sohibiga aylandi.Tadbirni tuman hokimi Sultanov Gayratjon Po'latovich ochib berib, bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan qutladi. Mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va ragʻbatdan foydalangan holda puxta bilim egallashni,katta hayot yoʻlida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishi lozimligi taʼkidlab o'tildi.Bilimdon yoshlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. 
Tuman hokimi 30 nafar oʻquvchiga oltin,8 nafar o'quvchiga kumush medallarni va xalqaro olimpiadada bronza medali sohibi bo'lgan 2 nafar o'quvchilarga qimmatbaho sovg'alarni tantanali tarzda topshirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech