×
04-июл 2024 yil 70

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Urganch tumani “Turkmanlar” mahallasida   “Mahalla yettiligi” va fuqarolar bilan uchrashdi.

Adliya vaziri A.Toshqulov  Urganch tumani “Turkmanlar” mahallasidagi “Ulli hovli” majmuasida tashkil etilgan “Huquqiy targ`ibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlarida ishtirok etdi. Tadbirda, bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi, hunarmandlar uyushmasi a’zolarining qo`l mehnatida tayyorlangan mahsulotlar, tadbirkorlarning milliy brend ostida ishlab chiqarilayotgan qurilish mahsulotlari, dehqon va fermer xo`jaliklarining meva va sabzavotlar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.“Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv va fuqarolarning qabuli tashkil etilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolari hamda yettilik ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi. Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllash-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi, fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.
O'tkazilgan tadbirlar davomida Adliya vaziri tomonidan adliya organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sohada uchrayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech