×
05-июл 2024 yil 79

Tadbir

Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadov qurilishga oid davlat dasturlari, byudjet harajatlarini optimallashtirish va boshqa dolzarb topshiriqlar ijrosi yuzasidan Urganch tumanida oʻrganish olib bordi.Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023-yildagi “2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-404-sonli qarori ijrosi boʻyicha tumandagi 1 va 33-sonli umumtaʼlim maktablari hamda 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektlari oʻrganildi, buyurtmachi va pudratchi tomonidan qurilish materiallari yetkazib berish, ishchi kuchi, maxsus texnikalar jalb qilish borasida ishlar o'rganildi. Shuningdek, qurilishning har bir bosqichini koʻrsatgan holda tarmoq jadvali ishlab chiqish zarurligi va ushbu muddatda qurilishni yakunlash, 2 smenada ish tashkil etish, ishchilarni rasmiy sektorga oʻtkazish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech