×
17-июл 2024 yil 122

"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida mahallalarda targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmuasini ham bildiradi.  Maʼrifat tushunchasi kiyinish madaniyati, mobil aloqadan to'g'ri foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarni samarali ishlatish tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Tadbirda mahalla xodimlari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdilar.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech