OʻzLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” boʻlimi tomonidan “Farovon oila” loyihasi doirasida oilada ishsiz xotin-qizlarni bandligini taʼminlash, ularni jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishlariga koʻmaklashish, farovon oila bunyod etish, shu bilan birga, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Urganch tumanidagi “Istiqlol lazzati” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurishdi. 2013 yilda 5-6 nafar xodim bilan ish boshlagan korxonada bugungi kunda 80 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Shulardan 70 foizini yoshlar, xotin-qizlar tashkil qiladi.
Mazkur korxona eng ilgʻor, yaʼni kompyuterlashtirilgan dastgohlar bilan jihozlangan boʻlib, bu yerda 30 xil turdan ortiq qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Zamonaviy texnologiyalar Turkiya, Xitoy davlatlaridan keltirilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorlarni toʻldirish bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga ham yetkazib berilmoqda.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
- Tuman hokimligi
- Tuman hokimligi apparati
- Boshqaruv apparatning tuzilmasi
- Qabul jadvali
- Ishonch va yagona telefon raqamlari
- Xorijiy va xalqaro hamkorlik aloqalari
- Boshqa davlat o'rginlari bilan o'zaro aloqalar
- Mahalliy va xalqaro bitimlar, shartnomalar
- Kun tartibi, ish rejasi va yig'ilish masalalari
- Elektron hukumat doirasida qilinayotgan ishlar
- Hokimlik ishtirokidagi tadbirlar
- Manzil
- Bo'sh ish o'rinlari
- Tuman haqida
- Elektron xizmatlar
- Meyyoriy hujjatlar
- Faoliyat
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Ochiq ma'lumotlar