×
30-июл 2024 yil 125

Suv ta'minoti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-sonli qaroriga asosan Urganch tumanining suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahallarida aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash maqsadida joriy yil Bobodehqon, Sholikorlar, Qo‘ng‘irot, Jayhun mahallalarida 9 ta katta hajmli artezian quduqlar qazib ishga tushirildi. Buning natijasida ushbu mahallalardagi  32,7 gektar tomorqa yerlarida suv ta’minoti yaxshilashga erishildi. Artezian quduqlarning qazilishi natijasida aholi ixtiyoridagi 32,7 gektardan ortiq tomorqalarda sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilmoqda.
Bundan tashqari,  ishga tushirilgan 4 ta artezian quduqqa tajriba tariqasida quyosh panellari o‘rnatilib aholi ixtiyoriga topshirildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech