Urganch tumani hokimi Gayratjon Sultanovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Urganch tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi.Unga fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish uchun tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari jalb etildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan tibbiy xizmat, moddiy yordam bilan bogʻliq murojaatlar tinglandi.
Ijrosi uchun muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan masʼullarga muddat belgilangan holda topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati