Urganch tumani hokimi Gayratjon Sultanovning yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ochiq va samimiy kechgan uchrashuv davomida yoshlarning ishga joylashish, asbob uskunalar subsidiyasi va shaxsiy masalalariga oid murojaat hamda takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Subsidiya olish va ishga joylashish istagidagi yoshlar bilan bandlik mutasaddilari shug‘ullanishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Uchrashuv davomida tuman rahbariga 8-son umumta'lim maktabi bitiruvchilari tomonidan "Mahorat darsi" o'tib berish tashabbusi bildirildi.
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati